2 302
Nurmat Otabekov: «Virus bilan kurashyapmiz, lekin qo‘limizda aniq qo‘llanma, aniq dori yo‘q»
Videodan kadr /O‘zbekiston 24 telekanali
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov «O‘zbekiston 24» telekanalidagi chiqishida koronavirusga qarshi kurash borasidagi savollariga javob berdi.
«Biz to‘rt oydan buyon koronavirus bilan kurashyapmiz, lekin qo‘limizda aniq bir qo‘llanma, aniq bir davolovchi dori yo‘q. Biz faqat niqoblarni taqish orqali kasallikning oldini olish mumkinligini aniq ayta olamiz. Biz bilganimiz bundan boshqa chora yo‘q.
Kasallik ortib ketayotganining yana bir sababi – odamlarning kasal bo‘lganini tan olmayotganidir. Bizda ko‘pchilik odamlar kasallik og‘ir darajada o‘tganiga qadar shifokorga murojaat qilishmaydi. Masalan, hid bilmay, ta’m bilmay qolish oddiy grippga tegishli alomatlar emas. O‘zingizni yomon his qildingizmi, shifokorga telefon orqali murojaat qiling.
Dunyo tibbiyoti vaksinani ishlab chiqishi uchun ancha vaqt ketadi. Tajriba natijalari isbot talab qilmaydigan darajada aniq bo‘lsagina uni qo‘llash mumkin bo‘ladi. Eng asosiy vaksina – bizning hayot tarzimiz. Hayot tarzimizda kasallik menga ham yuqishi mumkin, degan o‘y bilan yashab, o‘zimizni himoyalasak, kasallikni yengishimiz mumkin.
Biz hammani jazolay olmaymiz, shu uchun bir-birimizga e’tiborli bo‘laylik, bir-birimizga tanbeh beraylik. Karantin cheklovlariga rioya qilishga erishsak, koronavirusni yengishimiz mumkin», dedi Otabekov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda kasallik alomatlarsiz va yengil o‘tayotgan bemorlar 5 iyuldan boshlab uy sharoitida davolanishi mumkin bo‘ladi. Ammo hozircha uy sharoitida qanday davolanish, qaysi dori vositalarini qabul qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti