O‘zbekistonda 6 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra 141 kishida koronavirus aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 10284 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.
14 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangan Farg‘ona viloyatiga koronavirus qaytdi. Bungacha Farg‘ona viloyatida kasallikka chalingan 158 kishining 157 nafari sog‘ayib, 1 nafari vafot etgandi. O‘zbekistondagi tuman va shaharlarning 4 iyul holatiga ko‘ra epidemiologik toifalari ro‘yxatida Farg‘ona «yashil» hudud deb topilgandi.
Hozirda O‘zbekistonda koronavirusdan xoli hududlar qolmadi.
Ayni paytda O‘zbekistonda kasallikka chalingan 10284 nafar bemordan 6584 nafari koronavirusdan sog‘aydi. 36 nafar bemor kasallik asoratlaridan vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi