O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov “O‘zbekiston24” telekanali orqali chiqishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikadagi barcha shifoxonalarda yetarlicha joylar mavjud, barcha jihozlar, dori-darmonlar, laboratoriyalar yetarli, shifokorlar koronavirus sharoitida ishlash bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan.
“Ammo qars ikki qo‘ldan chiqadi. Xalq ham vaziyat jiddiyligini tushunishi lozim. Hozirda bizda vafot etganlarning 13 foizi 40 yoshgacha bo‘lsa, ming afsuski, 3 foizi 20 yoshgacha bo‘lganlardir. Odamlar bunga jiddiy e’tibor qaratishlari kerak. Talab qilinadigan narsalar esa juda oddiy: gigiyena qoidalariga rioya qilish va o‘zini ehtiyot qilish. Afsuski, oramizda shunday odamlar borki, ular “koronavirus bor narsami o‘zi? Masalan, men ko‘rmadim. Birorta ham tanishim, qarindoshim bunday kasal bo‘lmadi”, deb ochiqchasiga gapirib yuribdi. Odamlar niqob taqmayapti, bir joyda ko‘pchilik bo‘lib to‘planmoqda”, dedi Oqilov.
Uning ta’kidlashicha, o‘zini o‘zi ehtiyot qilish instinkti barcha uchun odat tarziga aylanishi kerak.
“Koronavirus bor va unga juda jiddiy qarash kerak. Chunki rivojlangan mamlakatlarda vaziyatni yetarlicha baholamaslik ayanchli oqibatlarga olib kelayotganini ko‘rib turibmiz. Bizda vaziyat nisbatan yaxshi, o‘lim darajasi 0,03 foiz. Ammo vaziyat ertaga butunlay o‘zgarib ketishi mumkin, bundan hech kim sug‘urtalanmagan. Xalq to‘g‘ri tushunishi va to‘g‘ri yondashishi kerak”, dedi professor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!