Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 168 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 8 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 838 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 161 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 127 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 34 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
7 iyul kuni jami 308ta yangi holat qayd etildi. Shundan 187 nafari karantin muassasalarida, 117 nafari aholi orasida, 4 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent, Qashqadaryo, Jizzax va Buxoroda jami 121 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 6811 nafarga yetdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3986 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi