Nurmat Otabekov.
Foto: Videolavhadan skrinshot
AOKA anjumanlar zalida Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. Anjumanda mutaxassislar oldinda jiddiy vaziyat turganini qayd etishdi.
«Bu yerda faqat tibbiyot, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, OAV, hokimliklar yoki muayyan soha vakillari ishni qiladi deydigan bo‘lsak, bo‘lmaydi. Aynan qars ikki qo‘ldan chiqadigan vaziyat mana bugun biz uchun asqotadi. Shunday ekan, xalqimiz mutaxassislarning fikrini tinglab, unga amal qilmas ekan, biz vaziyatni barqarorlashtira olmaymiz», — deya ta’kidladi Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.
Shuningdek, mutaxassis koronavirus O‘zbekistonga oldinroq kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi.
«Bir jihatga e’tibor beraylik. O‘zbekiston hududida birinchi bemor 2020 yilda 15 mart kuni qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmaymiz. Biz birinchi aniqlagan bemorimizdan sarhisobni boshladik. Shundan keyin statistik raqamlar shakllandi», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi