18:16 / 09.07.2020
3 009

Jizzaxda qidiruvdan topilgan “Captiva” auksionda sotildi

Jizzaxda qidiruvdan topilgan “Captiva” auksionda sotildi
Muqaddam Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining 30.07.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Mirzacho‘l parranda fayz” MCHJ va boshqalar hisobidan undiruvchi “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Samarqand filiali foydasiga kredit undirish, undiruv F.Eshmurodovaga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtomashinaga qaratish va avtomashinaning boshlang‘ich sotuv bahosi 111 mln. 155 ming so‘m belgilash haqidagi ijro hujjati mavjudligi hamda ushbu avtomashinaga nisbatan qidiruv harakatlari e’lon qilinib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu avtomashina Jizzax shahar hududiga yashirib qo‘yilganligi aniqlanib, 04.06.2020 yilda qidiruvdan topilganligi haqida ma’lum qilingan.

Shundan so‘ng, ushbu avtomashina sud qarorida ko‘rsatilgan summada “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga sotuvga qo‘yilib, 30.06.2020 yilda 111 mln. 155 ming so‘mga sotilgan hamda joriy yilning 8 iyulida undiruvchi “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Samarqand filialining hisob raqamiga kreditni qoplash uchun o‘tkazib berilishi ta’miinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda qidiruvdan topilgan “Captiva” auksionda sotildi