Muqaddam Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining 30.07.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Mirzacho‘l parranda fayz” MCHJ va boshqalar hisobidan undiruvchi “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Samarqand filiali foydasiga kredit undirish, undiruv F.Eshmurodovaga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtomashinaga qaratish va avtomashinaning boshlang‘ich sotuv bahosi 111 mln. 155 ming so‘m belgilash haqidagi ijro hujjati mavjudligi hamda ushbu avtomashinaga nisbatan qidiruv harakatlari e’lon qilinib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu avtomashina Jizzax shahar hududiga yashirib qo‘yilganligi aniqlanib, 04.06.2020 yilda qidiruvdan topilganligi haqida ma’lum qilingan.
Shundan so‘ng, ushbu avtomashina sud qarorida ko‘rsatilgan summada “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga sotuvga qo‘yilib, 30.06.2020 yilda 111 mln. 155 ming so‘mga sotilgan hamda joriy yilning 8 iyulida undiruvchi “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Samarqand filialining hisob raqamiga kreditni qoplash uchun o‘tkazib berilishi ta’miinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi