
Kecha AOKA anjumanlar zalida «Karantin davrida ta’lim tizimidagi cheklovlar, qabul jarayonlari va sohaga oid boshqa o‘zgarishlar» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov quyidagilarni ma’lum qildi:
"Ijodiy imtihonlar 25 iyuldan boshlanishi kerak edi. Bu borada o‘zgarish bor, endi ular ham 1 avgustdan boshlanadi.
Bu surilish ijodiy imtihonlar o‘tish jarayoniga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Imtihonlar 20 kunga mo‘ljallangan edi. Shu kun oraliqda o‘tkaziladi. Hujjat topshirish, ro‘yxatdan o‘tish muddatlari o‘zgarmaydi. Belgilangan muddatlargacha davom etadi" - dedi vazir.
Karantin DavriOliy Ta'limIjodiy ImtihonlarHujjat TopsirishQabul JarayonlariO'zgarishlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar