2 414
Koronavirusga chalinganlar va ularning yaqinlarini tibbiy axborot bilan ta’minlovchi 1105 raqami ishga tushirildi
Foto: «Mitc.uz»
Koronavirus kasalligidan davolanayotganlarni tibbiy xizmat bilan ta’minlovchi va ular haqida ma’lumotni o‘rganib turuvchi 1105 raqamli call-markazi tashkil etildi.
Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Respublikamizda koronavirusga qarshi karantin choralarni amalga oshirish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy sharoitida karantinga olingan yurtdoshlarimizni alohida tibbiy axborot bilan ta’minlovchi, ular haqida ma’lumotni o‘rganib turuvchi 24 soat mobaynida ishlaydigan 1105 raqamli call-markazi tashkil etildi.
Mazkur call-markazi uy va shifoxona sharoitida COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy karantiniga olingan yurtdoshlarimiz, ularning yaqinlari va oila a’zolariga tezkor va aniq axborot ko‘magini berish hamda ular bilan axborot almashinishga qaratilgan.
Abonentlar barcha telefon aloqalari orqali mazkur raqamga murojaat qilishlari va kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi