19:52 / 10.07.2020
2 613

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 12 mingga yaqinlashmoqda

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 12 mingga yaqinlashmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 134 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 10 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 857 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 293ta yangi holat qayd etildi (shundan Toshkent shahrida aholi orasida 131tasi aholi orasida), 2 bemor vafot etdi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 38, Xorazm viloyatida 6, Toshkent shahridagi 3-son tug‘ruq majmuasida 3 nafar, jami 48 nafar bemor sog‘aydi va shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 7 335 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 4469 nafar bemor davolanmoqda, shundan 42 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 12 mingga yaqinlashmoqda