2020 yilning 6 iyul kuni soat 23:00 da S.I. va Z.A.lar «Saptiva» rusumli avtomashinada Bog‘ishamol dahasi hududidan Andijon shahriga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtlarida «Matiz»da 4 nafar shaxs ularni to‘xtatmoqchi bo‘lishadi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, «Saptiva» egalari avtomashinani to‘xtatmasdan «Andijon-Asaka» yo‘nalishida harakatlanib, Andijon tuman Teraktagi mahallasi hududiga yetgan vaqtida «Matiz»dagi shaxslar ularni ta’qib qilib borib, yo‘l chetida to‘xtatishadi. So‘ng ularni urib, avtomashina ichidan 500 AQSH dollari va 60.000 so‘m pullarini olib, hodisa joydan yashirinishadi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 29 yoshli D.O., 32 yoshli Q.Sh., 24 yoshli R.S., va A.N.lar sodir etganligi aniqlanib, hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, «Matiz» rusumli avtomashina jarima maydoniga olib kirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha A.N., D.O., R.S. va Q.Sh.lar bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda mazkur dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi