2 345
Chilonzorda psixotrop dorilarni noqonuniy ravishda sotayotgan dorixona rahbari ushlandi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida olib borilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini xaridorga noqonuniy ravishda sotayotgan dorixona rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «K.» kompaniyasiga qarashli dorixona rahbari A. 14 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini xaridorga 560 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Dorixonada noqonuniy muomalaga kiritish maqsadida saqlanayotgan umumiy qiymati 46 million so‘mlik 905 dona «Regapen» dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi