11:07 / 14.07.2020
2 823

Nurmat Otabekov: Koronavirusni yengish uchun balki bir necha yil kerak bo‘lar

Nurmat Otabekov: Koronavirusni yengish uchun balki bir necha yil kerak bo‘lar
Kecha AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazilgani xabar qilingandi. Unda mutaxassis insoniyat koronavirusni yengish uchun qancha vaqt talab qilinishiga to‘xtaldi.

➖ Insoniyat virus yuqtirish hollarini kamaytirsa ham, bu hali pandemiya tugaydi, degani emas. Koronavirus yaratgan to‘lqinning tinishi uchun, balki bir necha yil kerak bo‘lar. Hayotning ba’zi jabhalariga kiritilgan cheklovlarni uzoq muddatda ushlab turish qiyin, albatta.
Bu cheklovlarning ijtimoiy va iqtisodiy badali juda katta bo‘ladi.

Virusni jilovlaydigan cheklovlar bekor bo‘lishi bilan yana tarqalish hollari ortishi mumkin. Ammo koronavirus yo‘qolib ketmaydi. Hayotni tezroq normal holatga qaytarilishi esa aynan shu kasallikning tugatilishiga bog‘liq, – dedi Nurmat Otabekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmat Otabekov: Koronavirusni yengish uchun balki bir necha yil kerak bo‘lar