Toshkentda yashovchi er-xotin fuqarolar koronavirus sabab hayotdan ko‘z yumdi.
SSV ma’lumotiga ko‘ra, Olmazor tumanida yashovchi 68 yoshli K.A. (erkak) va uning turmush o‘rtog‘i 67 yoshli S.A. tana harorati 38 S gacha ko‘tarilishi, umumiy holsizlik sababli joriy yilning 5 iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.
Bemorlardan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.
Ularga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Har ikki bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani sababli sun’iy nafas olish apparatiga olingan. Ularga “COVID-19” infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.
Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi, gipertoniya arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan er-xotin bemorlarning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi