16 iyul kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va ushbu davrda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uzluksizligini ta’minlash, koronavirusga tekshiruvlarni tashkil etish borasida birinchi galdagi vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda barcha xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlash uchun PZR-testlar o‘tkazish va koronavirusga chalingan bemorlarni davolash huquqi taqdim etilgani ta’kidlab o‘tildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va hokimliklarga xususiy va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqorida ko‘rsatilgan masalalarda faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yordam ko‘rsatish topshirig‘i berilgan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda og‘ir pnevmoniya va boshqa o‘pka kasalliklari asoratlari boshlangan koronavirus bemorlarini davolashda qo‘llaniladigan import qilinadigan kislorod konsentratlari bojxona bojidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi vaziyat og‘irligini qayd etib, muammolarni hal qilish choralarini belgilab bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?