Foto: Getty Images
Bugun, 18 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva aholi tomonidan yuborilgan savollarga javob berdi.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga chalinib, yerqalampir (xren) o‘simligidan davo topganlar haqida aytilgan holatlarga munosabat bildirildi.
«Xren o‘simligi ko‘plab vitaminlar: A, E va B guruhi, aminokislotalar hamda mikroelementlarga boy. Lekin uning tarkibida S vitamini – askorbin kislotasi yo‘q. Xren koronavirusni davolashda xalq tabobati vositasi bo‘lishi mumkin. Lekin bemorda klinik belgilar yaqqol ko‘rinayotgan va tana harorati ko‘tarilgan paytda samarali emas, faqat qo‘shimcha tarzda yordam berishi mumkin xolos», - dedi Feruza Hamroboyeva.
U Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan «Avigan» dorisi haqida ham ma’lumot berdi.
- «Avigan» tarkibidagi biologik faol modda favipiravir hisoblanadi. U bir qator virus guruhlarini bloklaydi. «Avigan»dan ebola virusini davolashda ham foydalanilgan. Ayni paytda AQSHda uning boshqacha varianti – «Remdesivir» preparatidan foydalanilmoqda va AQSH bu preparatni yetarlicha samarali deb hisoblamoqda.
To‘g‘ri, «Avigan» haqida yana bir tadqiqot u koronavirusning yengil va o‘rta darajalarini davolashda samarali ekanini, lekin og‘ir shaklida unchalik samarali emasligini ko‘rsatmoqda, - dedi Feruza Hamroboyeva brifingda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi