07:55 / 19.07.2020
1 864

Sayyohlarni jalb qilish uchun qaysi mamlakat nima qilmoqda: O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi

Sayyohlarni jalb qilish uchun qaysi mamlakat nima qilmoqda: O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi
Ko‘plab mamlakatlarda koronavirus epidemiyasidan jiddiy zarar ko‘rgan turizm sohasini rag‘batlantirish uchun sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha rag‘batlantirish kampaniyalari boshlandi, deyiladi BBC nashrida e’lon qilingan maqolada.

Xususan, Meksikaning Kankun shahrida «Kankunga keling 2x1» shiori bilan boshlangan aksiya doirasida sayyohlarga shaharda o‘tkazgan har ikki kechada bir kunlik bepul turar joy taklif etiladi. Sayyohlar tomonidan olib kelingan ikkinchi shaxsning parvoz chiptasining puli qaytarib beriladi.

AQSHning Las-Vegas shahridagi kazino ichki turizmni jonlantirish uchun minglab bepul reys chiptalarini tarqatdi.
Yaqinda Tailanddagi hashamatli mehmonxona hovuzli villalarda «1ta olganga 1tasi bepul» aksiyasini boshladi.

Bolgariyadagi mashhur plyajlarda quyosh to‘shaklari, soyabon va stol puli sayyohlardan olinmaydi.
Shveysariyaning Jeneva shahrida turizm ma’muriyati mehmonxonalar va sayohat paketlarini 65 foizga qisqartirishga qaror qildi.

Ba’zi kampaniyalar mamlakatning koronavirus xavfidan xoli ekani haqidagi xabarni yetkazishga qaratilmoqda.
Masalan, O‘zbekiston sayohat paytida Covid-19’ga chalinganlarga 3000 dollar berishga va’da qilmoqda.

Iyun oyida ba’zi davlatlardan kelgan sayyohlar uchun eshiklarini ochgan Kiprda kasallikka chalingan odamlarga turar joy, oziq-ovqat va dori-darmonlar tekin ekani aytilgan.

Xo‘sh, sayohat paytida virus yuqtirib olishdan qo‘rqqanlarni ishontirish uchun bu rag‘batlar yetarlimi?
Yaqinda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda ishtirok etganlarning 45 foizi epidemiya susayganidan so‘ng bir necha oy ichida sayohat qilishni umid qilayotganini bildirgan.

Respondentlarning 33 foizi virus bilan kasallanish xavfini kamaytirish uchun sayohatga chiqmasliklarini aytishdi.
Skyscanner aviachipta qidiruvi marketing menejeri Joanna Lordning so‘zlariga ko‘ra, past narx imtiyozi dastlabki bosqichda talabni yaratishning sodda va samarali usuli, ammo vaqt o‘tgan sayin odamlar narxga emas, xavfsizlikka e’tibor berishadi.

Oxford Economics kompaniyasining turizm iqtisodiyoti direktori Devid Gudj esa odatiy kundalik holatga qaytish jarayonida havfsizlik kafolati, past infeksiya ko‘rsatkichi, test va aloqani nazoratga olish qobiliyatiga ilova qilingan gigiyena va kasallik tarqalishining oldini olish choralari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi haqida aytgan.

U O‘zbekiston misoliga e’tibor qaratgan. «O‘zbekistonning xavfsiz sayohat qilishni kafolatlaymiz», deyishi Covid-19’ga qarshi muhim kafolatdir. O‘zbekiston bir tomondan moliyaviy rag‘batlantirishni ta’minlash, ikkinchi tomondan esa mamlakatning xavfsiz ekani haqida xabar bermoqda. Shu nuqtayi nazardan, bu usul «bitta olganga bittasi tekin» kampaniyasidan ko‘ra samaraliroq bo‘lishi mumkin», degan Gudj.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sayyohlarni jalb qilish uchun qaysi mamlakat nima qilmoqda: O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi