10:37 / 20.07.2020
5 418

Koronavirusning eng erta paydo bo‘ladigan alomati ma’lum qilindi

Koronavirusning eng erta paydo bo‘ladigan alomati ma’lum qilindi
Foto: Glagol.press
Ispaniyalik olimlar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida toshmalarning paydo bo‘lishi koronavirusning dastlabki alomati ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi JAMA Dermatology.

Olimlar 21 nafar bemorni kuzatish natijasida ularning 6 nafarida bu kabi alomatlarni aniqlagan. Toshma pufakchali yoki dog‘ ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, COVID-19’ning boshqa alomatlari toshmadan bir necha kun keyin paydo bo‘ladi. Shuningdek, hozircha mazkur alomat kasallar orasida qanchalik tarqalgani ma’lum emas.

Bunga qadar olimlar Italiyada koronavirusning og‘ir shakli bilan og‘rigan 18 nafar bemor terisida «eritematoz toshma» paydo bo‘lganini aniqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning eng erta paydo bo‘ladigan alomati ma’lum qilindi