
Foto: Glagol.press
Ispaniyalik olimlar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida toshmalarning paydo bo‘lishi koronavirusning dastlabki alomati ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi JAMA Dermatology.
Olimlar 21 nafar bemorni kuzatish natijasida ularning 6 nafarida bu kabi alomatlarni aniqlagan. Toshma pufakchali yoki dog‘ ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, COVID-19’ning boshqa alomatlari toshmadan bir necha kun keyin paydo bo‘ladi. Shuningdek, hozircha mazkur alomat kasallar orasida qanchalik tarqalgani ma’lum emas.
Bunga qadar olimlar Italiyada koronavirusning og‘ir shakli bilan og‘rigan 18 nafar bemor terisida «eritematoz toshma» paydo bo‘lganini aniqlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar