Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda “Farg‘ona-Shohimardon” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtotransport vositasini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatib, nazoratdan o‘tkazishdi.
Avvaliga fuqaro A.A. yukxonada somon o‘ramlari ortilganini ma’lum qiladi. Biroq tekshiruv natijasida, zich qilib joylangan somon o‘ramlari ortida qo‘shni mamlakatga olib chiqish mo‘ljallangan, umumiy qiymati 35,2 million so‘mlik 8,8 tonna og‘irlikdagi rangli metallar yashirilganligi aniqlandi.
Qonunbuzarning rejasi chippakka chiqdi, holat yuzasidan esa bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi