09:06 / 22.07.2020
3 194

Andijonda mast mijoz nasiyaga spirtli ichimlik berilmasligini aytgan milliy taomlar oshxonasi ish yurituvchisini pichoqladi (video)

Andijonda mast mijoz nasiyaga spirtli ichimlik berilmasligini aytgan milliy taomlar oshxonasi ish yurituvchisini pichoqladi (video)
Andijon shahrida joylashgan «Bekzodbek» milliy taomlar oshxonasi ish yurituvchisi nasiyaga spirtli ichimlik sotilmasligini aytgani uchun mast holdagi mijoz tomonidan pichoqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2020 yilning 21 iyul kuni soat 15:55 da Andijon shahrida joylashgan «Bekzodbek» milliy taomlari oshxonasi yerto‘lasidagi spirtli ichimliklar do‘koniga 1967 yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan sudlangan mavsumiy ishchi Tohir Saidov mast holatda kirgan.

Oshxona ish yurituvchisi 1998 yilda tug‘ilgan Shohjahon Rahimov mijozga nasiyaga spirtli ichimlik sotilmasligini aytgan. Mijozning bundan jahli chiqib, ish yurituvchi bilan janjallashgan va yonida bo‘lgan pichoq bilan uning chap ko‘krak qismiga bir marta urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng voqea joyida bo‘lgan fuqarolar tomonidan ish yurituvchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Andijon filialiga olib kelingan va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli Shohjahon Rahimovning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB 3-son IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i S.Parpiyev tomonidan fuqaro Tohir Saidovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «e» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va fuqaro protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda mast mijoz nasiyaga spirtli ichimlik berilmasligini aytgan milliy taomlar oshxonasi ish yurituvchisini pichoqladi (video)