Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, 21 iyul kuni “maxsus xaridor” sifatida ishtirok etgan tezkor xodim M.X.ga 1995 yilda Guliston tumanida tug‘ilgan fuqaro A.O‘. 15 iyulda tug‘ilgan farzandi O‘.L.ni 17.000 AQSH dollariga sotishga kelishib, Guliston shahri, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, “Shohrux” mehmonxonasi oldida farzandi L.O‘.ni “maxsus xaridor”ga bergan.
Qayd etilishicha, u evaziga kimyoviy ishlov berilgan 17.000 AQSH dollarini olib, bu haqda tilxat yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi