Uzoq vaqt niqob taqib yurish o‘pka qurishini keltirib chiqarishi haqidagi gaplar asossiz, deb ma’lum qildi tibbiyot fanlari nomzodi, immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva.
Ijtimoiy tarmoqlarda niqob taqib yurish go‘yoki o‘pka qurishini keltirib chiqarishi haqida ma’lumot tarqaldi. Immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumot ilmiy asosga ega emas.
«Agar niqob o‘pka qurishiga olib kelganda, bironta sog‘ shifokor qolmagan bo‘lardi. Chunki shifokorlar soatlab niqobda turib, bemorlarni operatsiya qilishadi.
Niqob taqqan holatda ham, niqobsiz bo‘lgan holatda ham organizmdagi saturatsiya (kapillyar qon tomirlarning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi) bir xil. Niqob gipoksiyaga – kislorod yetishmovchiligiga sabab bo‘lmaydi.
O‘pka qurishi (fibroz)ning sabablari mutlaqo boshqa. Autoimmmun kasalliklarda, yillar davomida chekuvchilarda fibroz kuzatilishi mumkin. Niqob taqish natijasida o‘pka qurib, pnevmoniya kelib chiqishi mutlaqo yolg‘on. Pnevmoniya va o‘pka qurishining farqi katta. Pnevmoniyada o‘pka suyuqlikka shishadi, undagi mayda qon tomirlarning ichki devori yallig‘lanadi», – dedi mutaxassis «Tez yordam» dasturining 22 iyul kungi sonida.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi