2 584
«Tana harorati 38 darajaga chiqmasa, uni tushirish shart emas» — Samarqand SSB rahbari
Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozov koronavirusga chalinib, uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga ba’zi tavsiyalarni berdi.
Boshqarma rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uyda davolanayotgan bemorlarga ko‘p dori kerak emas. C va D vitaminlari, virusga qarshi bitta preparat va boshqa bir qator dorilar bilan xuddi gripp va shamollashni davolagandek davolanish mumkin.
Uning aytishicha, antibiotiklar virusga ta’sir qilmaydi. Qachonki virusning asoratlari, o‘pkada pnevmoniya yoki yiringli asoratlar paydo bo‘ladigan bo‘lsa, antibiotiklardan foydalanish kerak.
Shuningdek, mutaxassis koronavirusning yengil shakli bilan og‘rigan bemorlardagi tana harorati masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Agar tana harorat 38 darajaga chiqmasa, uni tushirish shart emas. Undan (38 darajadan) oshsagina, «Paratsetamol» kabi oddiy dorilar yordamida tana haroratini tushirishga harakat qilish kerak», — dedi SSB rahbari.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, tana haroratining ko‘tarilishi organizmning virusga qarshi immun reaksiyasi hisoblanadi va organizmning kurashayotganini bildiradi. Shuning uchun zarur bo‘lmaganda dorilardan foydalanish kerak emas. Ko‘proq suyuqlik ichish kerak.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyul kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilinib, ularga yetkazib beriladigan dori-darmonlar ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatga «Gidroksixloroxin», «Azitromitsin», «Paratsetamol», «C Vitamin» kabi dori-darmonlar kiritilgan.
Biroq gidroksixloroxin befoyda va o‘lim ehtimolini oshirishi mumkinligi tufayli O‘zbekistonda davolash protokolidan chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi