14:20 / 23.07.2020
3 072

“Yolg‘iz boshga-qo‘sh og‘ir” yoxud chegarani buzgan fuqarolarga yana bir imkon berildi

“Yolg‘iz boshga-qo‘sh og‘ir” yoxud chegarani buzgan fuqarolarga yana bir imkon berildi
Xalqimizda “Yolg‘iz boshga-qo‘sh og‘ir”, degan naql bor. J.I.ning yolg‘iz boshiga ham oila, tirikchilik tashvishlari og‘irlik qila boshladi. Shu vaj bilan J.I. 2020 yil fevral oyida jinoiy sherigi Sh.F. bilan O‘zbekiston Respublikasiga Qozog‘iston Respublikasidan mayda shohli mollarni bojxona nazoratini chetlab, noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tib, O‘zbekistonda sotish bilan shug‘ullanish to‘g‘risida kelishib, unga ko‘ra, J.I. 2020 yil 19 fevral kuni “Guliston-avto” chegara o‘tkazish maskani orqali Qozog‘iston Respublikasiga qonuniy ravishda o‘tgan.

Qozog‘iston Respublikasi Shardara tumanida joylashgan mol bozorida qozog‘istonlik “B” ismli fuqaro bilan tanishib, undan 200 dona ona-bola qo‘y-qo‘zini 7.500.000 tengega, ya’ni 20.000 AQSH dollariga sotib olib, Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga 190 dona mayda shoxli mollarni chegara o‘tkazish maskani bo‘lmagan hudud orqali chegara sim to‘siqlarini buzib, olib o‘tgan vaqtida jinoyat ustida harbiy qism Navoiy viloyati tezkor qo‘riqlash guruhi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan J.I O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 182-moddasi 2-qismining “a” bandi va 223-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57,59, 62-moddalariga asosan 3 yil 8 oy 10 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh.F. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 28,182-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57,60,61-moddalariga asosan 33.450.000 so‘m jarima va oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan 1 yil 11 oy 29 kun axloq tuzatish ishlari jazolari tayinlandi. 190 ta qo‘y davlat hisobiga o‘tkazildi.

Insonparvarlik, kechirimlilik, adolatparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan qonunchiligimiz, bu yo‘lda davlatimiz olib borayotgan siyosat tufayli J.I. va Sh.F.larga yana bir bor imkoniyat berildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Konimex tuman sudining raisi
F.Qahorov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yolg‘iz boshga-qo‘sh og‘ir” yoxud chegarani buzgan fuqarolarga yana bir imkon berildi