
Foto: Instagram / @munisarizayeva
Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’da jonli efirga chiqib, o‘zi, ota-onasi kasal ekanligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ayniqsa, ota-onasining ahvoli og‘ir. Xonanda 21 iyul kuni kislorod apparati izlayotgani, ushbu uskuna shahar shifoxonalarida qolmaganini bildirgan edi.
«Iltimos, o‘zingiz va oila a’zolaringiz salomatligini asrang. Hech qayerga chiqmang. Nafaqat koronavirus, undan ham yomon kasallik chiqqan. Onam ham, otam ham — hammamiz kasalxonadamiz. Pnevmoniya — eng yomon kasallik. Juda ham ko‘p insonlar pnevmoniya bilan kasallanmoqda. Ota-onam juda og‘ir ahvolda», — deydi Munisa Rizayeva.
Xonanda Instagram’dagi Stories’ga Akfa Medline xususiy klinikasida ukol olayotgani aks etgan videolar joylashtirdi.
Avvalroq aktrisa Muqaddas Xoliqova, xonanda Kaniza, rejissyor Sarvar Karimov va uning oilasi, «Benom» guruhi xonandasi Komil koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi.
Munisa RizayevaOta-onasiPnevmoniyaSalomatlik AsrashAkfa MedlineJonli Efir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar