18:41 / 24.07.2020
4 508

Ehtiyot bo‘ling! Koronavirusdan o‘lim xavfini oshiruvchi dorilar

Ehtiyot bo‘ling! Koronavirusdan o‘lim xavfini oshiruvchi dorilar
Foto: «Izvestiya»
Oshqozon yarasi, gastrit, jig‘ildon qaynashiga qarshi keng qo‘llaniluvchi dorilar — proton pompa ingibitorlari (PPI) koronavirus infeksiyasi og‘ir o‘tishiga sababchi bo‘lishi mumkin. «Izvestiya» xabariga ko‘ra, bu haqda Bruklin universiteti olimlari ilmiy maqola yozishdi.

Ular o‘tkazgan tadqiqotda qamrab olingan kovid-bemorlarning 15,6 foizi yuqoridagi dorilardan («Omeprazol», «Doksilak», «Pantoprozol» va boshqalar) iste’molchilari bo‘lishgan. Bu bemorlar o‘rtasida o‘lim holatlari boshqa guruhdagilarga qaraganda 2,3 baravar yuqoriligi kuzatildi. Qolaversa, ularni O‘SV (o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash) qurilmasiga ulab qo‘yish ehtimoli 2,5 karra oshgan.

Rossiyadagi Sechenov universiteti poliklinik terapiya kafedrasi professori Aleksey Buyeverov ham amerikalik hamkasblarining dalillariga qo‘shilgan holda bu dorilarni koronavirusni yuqtirganlar iste’mol qilmagani ma’qul dedi.

«Agarda infeksiya jarayoni faol kechayotgan bo‘lsa, bu paytda PPI iste’molidan voz kechish kerak. Chunki ishtaha ovqat payti keladi — taom kislotalar stimulyatori. Biz kislotalar ishlab chiqarilishini dorilar bilan susaytirib qo‘ysak og‘iz orqali har xil patogenlar organizmga tushishi mumkin. Bu mavjud kasallik kechishiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin», — deya tushuncha berdi ekspert.

Bruklinlik olimlar «COVID-19»ning noxush intihosi va PPI qabul qilinishi o‘rtasida qanchalik bog‘liqlik borligini baholash uchun o‘zlari o‘tkazgan tadqiqot hali davom ettirilishi kerakligini alohida ta’kidlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ehtiyot bo‘ling! Koronavirusdan o‘lim xavfini oshiruvchi dorilar