date
views 4 647

Toshkentda kasallanishlar soni keskin ko‘paydi

Toshkentda kasallanishlar soni keskin ko‘paydi
2020 yil 25 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 653 (+293) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 242 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 074 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 138 nafari og‘ir, 40 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda kasallanishlar soni keskin ko‘paydi