Yoz faslida koronavirus yo‘qolib ketishi taxmin qilingan edi, lekin unday bo‘lmadi. Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tibbiy standart va protokollarni ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Klara Yodgorova «Tez yordam» loyihasida bu haqda o‘z fikrini bildirdi.
Uning bildirishicha, ilk davrlardanoq koronavirus yoz faslida yo‘qolib ketishi haqidagi taxminlar hech qanday dalillarga asoslanmagan holda aytildi.
«Hozir esa ko‘rib turibmizki, bizda iqlim quruq va havo issiq bo‘lishiga qaramay koronavirus yo‘qolgani yo‘q. Yana ba’zi fikrlarda quyosh nuri yetishmayotgani tufayli karantinda o‘tirganlarga ayrim dorilar taklif qilinayotgani aytildi.
Jahon tajribasiga qaralsa, eng kam kasallangan hududlar Skandinaviya davlatlari: Islandiya, Norvegiya, Daniya va Finlyandiya bo‘lib qolmoqda. Faqatgina Shvetsiya hamma narsani inkor qilib, kollektiv immunitet hosil qilinadi, deb noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketdi. Buning oqibatida juda ham ko‘p inson hayotdan ko‘z yumdi va Shvetsiya hukumatiga eng katta olimlar tomonidan shu eksperimentni to‘xtatish haqida xat yozildi. Shu g‘oyani ilgari surgan epidemiolog ham ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi.
Bu yangi virus. Har bir davlat shu virusni qanday profilaktika qilish, qanday davolashni o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqishi kerak», - dedi Klara Yodgorova. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi