16:35 / 26.07.2020
3 096

Qurbon Hayiti kuni harakatlanish to‘liq to‘xtatiladi, bayram oila davrasida o‘tkaziladi

Qurbon Hayiti kuni harakatlanish to‘liq to‘xtatiladi, bayram oila davrasida o‘tkaziladi
O‘zbekistonda 2020 yil 31 iyul kuni butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi axborotida ma’lum qilingan.
Qurbon bayrami oila davrasida o‘tkazilishi tavsiya qilingan.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining Qurbon hayitini koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablariga muvofiq o‘tkazish to‘g‘risidagi bayonoti ma’lumot uchun qabul qilindi va mahalliy hokimliklarga tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirig‘i berildi.

Fuqarolarga Qurbon hayitining karantin talablariga muvofiq, uy sharoitida, oila davrasida, hashamatsiz va kamtarona, tartibli hamda xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish tavsiya etildi», deyiladi komissiya axborotida.

Bundan avvalroq prezident qarori bilan O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 31 iyul kuni nishonlanishi belgilangandi. Bayram tadbirlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

Iyul oyi boshida O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar qat’iy karantin joriy etilgandi. Bugun, 26 iyul kuni Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan karantin 15 avgustgacha uzaytirildi.

Endilikda 15 avgustga qadar to‘y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazilmaydi, istirohat bog‘laridagi attraksionlar, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari yopiqligicha qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurbon Hayiti kuni harakatlanish to‘liq to‘xtatiladi, bayram oila davrasida o‘tkaziladi