4 222
Surxondaryo va vodiy viloyatlaridagi pandemik vaziyat alohida xavotir uyg‘otmoqda — Behzod Musayev
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev epidemiologik jihatdan hukumatda yuqori xavotir uyg‘otayotgan hududlarni sanab o‘tdi.
«Bizda hadik uyg‘otayotgan hududlardan biri – Surxondaryo viloyati. Chet davlatlardan kelayotgan mashina haydovchilarimiz orasida aniqlanib, aholi orasida tarqalib ketmoqda.
Andijon viloyatida ham xavotirimiz ko‘p. O‘zi umuman, vodiyda aholi juda zich joylashgan uchta viloyat bo‘lgani uchun bu yerda qattiq ehtiyotkorlik talab etiladi», dedi Musayev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.
Hukumat vakili davolash muassasalari haqida ham ma’lumot berdi.
«Hozirda Toshkent shahrida COVID-19 bemorlarini davolash bilan shug‘ullanayotgan muassasalar sonini 19taga yetkazdik. Shuningdek, Zangiota tumanida 1200 o‘rinli markaz ishga tushirilgan edi, yana 508ta o‘rin yaratildi. Shu kunlarda yana 1000ta qo‘shimcha o‘rin yaratish rejalashtirilmoqda. U yerdagi har bir xona kislorod ta’minoti va boshqa kerakli tibbiyot jihozlar bilan ta’minlangan.
«O‘zekspomarkaz»dagi taqsimlash markazida joylar soni 3500taga yetkazilmoqda. Toshkent viloyatidagi taqsimlash markazi sig‘imini ham 3500taga yetkazish ustida ish olib borilmoqda», dedi Behzod Musayev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»