
Shu yilning 26 iyul kuni mamlakatimizda 579 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlarida jami 274 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 20 531 nafar bemordan 11 105 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 310 nafar bemordan 152 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 67 729 nafar, statsionar karantinda esa 26 317 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar