Kadr: Telegram
26 iyul kuni Xitoydan O‘zbekistonga yana 1000 ta kislorod konsentratori olib kelindi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida ma’lum qilindi.
Olib kelingan yuklar Toshkent xalqaro aeroporti hududida Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklar va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan qabul qilib olingan. Ushbu yukning umumiy qiymati 20 million dollarni, og‘irligi 2,5 tonnani tashkil etadi.
Maxsus yuklar tarkibida shaxsiy himoya vositalari mavjud. Shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar olib kelingan. Bundan tashqari, 1000 dona o‘pka yallig‘langanda foydalaniladigan kislorod konsentratorlari ham mavjud.
— Shukhrat (@bankir2102) July 27, 2020
«Xitoydan keltirilgan tibbiy buyumlar respublika hududi bo‘ylab karantin rejimini ta’minlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiy xodimlar va boshqa muhtoj shaxslar hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan va qurilayotgan shifoxonalarga tarqatiladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma bergandi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlarni, jumladan, kislorod konsentratorlarini import qilish jarayoni soddalashtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi