Foto: Reuters
Har qanday surkunkali kasallik koronavirusga chalinganda o‘lim xavfini kuchaytiradi, demoqda Novosibirsk viloyatining bosh klinik farmakologi Vladislav Mitroxin.
Uning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasi nafaqat qand kasali bor odamlarda, balki boshqa surunkali xastaliklarga chalingan bemorlarda ham og‘irroq kechadi. Shu bilan birga, ushbu kasalliklar COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim xavfini ham oshiradi.
«Odatda surunkali yurak qon-tomir kasalliklari, o‘pka kasalliklari bor, shuningdek, oshqozon yarasini davolash uchun dori ichib yuradigan insonlar ham xavf guruhiga mansubdir», deb aytgan farmakolog.
Avvalroq, AQSHning Profilaktika va nazorat markazlari qand kasalligining koronavirus bilan bog‘liq o‘limning yuzaga kelishiga ta’siri o‘rganilgan tadqiqot natijalarini e’lon qilgan edi. Mutaxassislar mazkur kasallik o‘lim ehtimolini 12 baravarga oshirishi mumkin degan xulosaga kelishgan. Bundan tashqari, diabet COVID-19 asoratlarining og‘ir kechishi bo‘yicha yurak qon-tomir kasalliklaridan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi