
Savolga Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASH malakasini oshirish kafedrasi professori, SSV Bosh umumiy amaliyot shifokori Mashkura Zohidova javob berdi:
- Koronavirus kasalligi tuzaladigan dard. Bu infeksiya bilan zararlanish bu butun hayoti davomida virus tashuvchisi bo‘lib qoladi degani emas. COVID-19 yuqtirib olgan insonlarning ko‘pchiligi tuzalib ketadi, virus esa organizmdan chiqib ketadi.
Inson simptomlar paydo bo‘lgandan 10 kun davomida infeksiya tashuvchisi bo‘ladi (agar belgilar bo‘lsa), bu infeksiya yuqqandan taxminan 2 haftani tashkil etadi.
Turli davlatlarda shifokorlar kim tarqatuvchi sifatida xavf tug‘dirmasligini aniqlash uchun protokollar qabul qilishgan va ular quyidagicha: birinchi simptomlar paydo bo‘lgan kundan eng kamida 10 kun o‘tishi kerak va tuzalgandan keyin yana 3 kun. Agar kasallik alomatsiz o‘tgan bo‘lsa 24 soat tanaffus bilan ketma-ket topshirilgan va manfiy natijali PZR testi inson tashuvchi emasligini bildiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar