
Vazirlar Mahkamasining koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida farmoyishi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam berish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining zaxira jamg‘armalarini Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari ikki kun muddatda mazkur farmoyishning ilovasiga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston "Saxovat va ko‘mak" fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilishini ta’minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari moddiy yordam uchun ajratilgan mablag‘larning manzilli va maqsadli ishlatilishini shaxsan nazoratga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir kun muddatda ko‘rsatilgan mablag‘larni ajratadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar