23:15 / 30.07.2020
4 959

Koronavirusdan vafot etganlarning jasadini berish tartibi o‘zgarishi kutilmoqda

Koronavirusdan vafot etganlarning jasadini berish tartibi o‘zgarishi kutilmoqda
Foto: Stanislav Krasilnikov/TASS
O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlarning jasadini marhumning yaqinlariga berish tartibi o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Anvar Alimov ma’lum qildi.

«Koronavirus Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ikkinchi guruh – o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiritilgan. Bu holatda koronavirusdan o‘lgan murda ham kasallikni chaqirish imkoniyatiga ega deb qaraladi. Shu bois jasadlar patalogoanomatik ko‘rsatmalar asosida yuvilib, o‘rab, to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘mishga olib borilayotgan edi.

Kuni kecha mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan katta yig‘ilishda bu tartibga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Respublika patalogoanatomiya markazi olib borgan o‘rganishlar bo‘yicha taklif berildi – bemor vafot etgandan keyin ikki soat o‘tgach, virus jasadda o‘z kuchini yo‘qotadi. Shu nuqtayi nazardan, jasad ikki soat saqlangandan keyin uni qarindoshlariga berib yuborishga ruxsat berish taklifi ilgari surilyapti
», – dedi Alimov.

Shtab a’zosi Habibullo Oqilovning ma’lum qilishicha, bu taklif hozirda respublika maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

«Xitoyda, Koreyada, Yaponiyada hozirgacha koronavirusdan o‘lgan bemor tanasini dezinfeksiya qilib, ikkita germetik paketga solib, qarindoshlariga bermay, to‘g‘ri krematoriyga yuborish amaliyoti saqlanib turibdi. Bizda hozirgacha jasadni yuvish, kafanlash – barcha rasm-rusumlarni patalogoanatomiya byurosida bajarib, dafn marosimi SES xodimi va yaqin qarindoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan edi.

O‘rganishlarimizga asosan, virus faqatgina tirik hujayrada yashab, jasadda 2 soatdan keyin yuqish kuchini yo‘qotishi yoki juda pasayishini inobatga olgan holda tartibga o‘zgartirish kiritiladi – yuvish va kafanlash byuroda o‘tkaziladi, keyin jasad qarindoshlarga beriladi. Janoza 5-10 nafardan ko‘p bo‘lmagan eng yaqin qarindoshlar ishtirokida mozorboshida o‘qiladi
», – dedi Oqilov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan vafot etganlarning jasadini berish tartibi o‘zgarishi kutilmoqda