
Foto: «Depositphotos»
Britaniyalik shifokorlar qo‘l uvushishi va sanchilishi yurak kasalliklari alomati ekanligini ta’kidlashmoqda, deya xabar berdi «Express» nashri. Maqolada yozilishicha, qon aylanishi buzilishi oyoq-qo‘llarda sanchiqni keltirib chiqaradi. Bunga aterosklerozni chaqiruvchi xolesterin darajasi ortishi sabab bo‘ladi.
Kasalliklarda qon tomir devorlarida xolesterinli tiqinlar to‘planib, qon aylanishiga to‘sqinlik qiladi. Xastalikning kechki bosqichlarida yurak xuruji va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Profilaktika uchun shifokorlar O‘rta yer dengizi parheziga amal qilishni maslahat berishadi. Unga ko‘ra go‘sht iste’molini kamaytirish, sarxil meva-sabzavotlarni esa ko‘proq yeyish tavsiya etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar