
Uyda davolash uchun tavsiya etiladigan dori vositalari aptekalarda sotiladimi? Ularni bemorlar qayerdan olishlari kerak? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi.
"Uchastka shifokori bemorning umumiy ahvoliga ko‘ra davolash taktikasini tanlaydi va unga kerakli davo muolajalarini statsionar yoki uy sharoitida davolanishi uchun tavsiya etadi.
Hozirgi kunda uy sharoitida davolanish uchun tavsiya etiladigan dori vositalari davlat tomonidan bepul aholiga tarqatilmoqda", deydi Abdusamatova. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar