19:55 / 03.08.2020
1 979

Kredit qarzdorligi undirildi

Kredit qarzdorligi undirildi
Mamlakatimizda tadbirkorlik muxitini yaratishga keng imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, banklar tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar taqdim etib kelinmoqda. Mazkur olingan kredit pullarini o‘z vaqtida qaytarib borish banklar samaradorligini yanada mustahkamlaydi.

Biroq, berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanmay o‘z vaqtida kredit pullari so‘ndirmaslik xolatlari ham uchrab turibdi.
Misol uchun, MIB Sherobod tuman bo‘lmi ish yurituvida FIB Sherobod tumanlararo sudining 20.12.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdorlar “Sherobod Gold Fresh” MCHJ va “Xasan Xusan Rivojlantirish” XKlaridan undruvchi AT Halq bankining Sherobod tuman bo‘limi foydasiga jami 1 mlrd 125 mln 442 ming 897 so‘m kredit qarzdorlgini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 27.01.2020 yilda kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor “Sherobod Gold Fresh” MCHJga tegishli bo‘lgan Sherobod tumani “Oltinvoha”MFYda joylashgan Mehmonxona, oshxona, va savdo maishiy xizmat ko‘rsatish binosi, 2015 yilda ishlab chiqarilgan “Orlando” rusumli avtomashina hamda Qiziriq tumani “Oqjar” MFYda joylashgan “Qurilish mollari do‘koni”lari qarzdorlikni qoplash maqsadida “Ye-IJRO ” onlayn savdo maydonchasiga sotuvga chiqarilgan.

Auksion savdolarida “Orlando” rusumli avtomashina 135 mln 900 ming so‘mga hamda Qiziriq tumani “Oqjar” MFYda joylashgan “Qurilish mollari do‘koni” 120 mln so‘mga sotilib sotuvdan tushgan pul mablag‘lari undruvchi AT Halq bankining Sherobod tuman bo‘limining tegishli hisob raqamlariga o‘tkizib berilgan.

Shuningdek, qarzdor “Sherobod Gold Fresh” MCHJga tegishli bo‘lgan Sherobod tumani “Oltinvoha”MFYda joylashgan Mehmonxona, oshxona, va savdo maishiy xizmat ko‘rsatish binosi sotilmaganligi sababli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish” to‘g‘risidagi Qonunning 21-moddasiga asosan baholangan narxidan 10 foiz arzonlashtirilib undruvchi AT “Xalq banki”ning Sherobod tuman bo‘limi balansiga o‘tkazib berilib ijro ishi yuritish Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit qarzdorligi undirildi