Foto: iStock
O‘pkani kompyuter tomografiyasi (KT) qilish odam salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Rossiyaning sobiq sanitariya shifokori, tibbiyot fanlari doktori Gennadiy Onishchenko o‘pkani KT qilish odam organizmiga nurlanishning yuqori bosimini keltirib chiqarishini aytdi. Shu tufayli, hatto koronavirus tasdiqlangan bo‘lsa-da, uni faqat shifokor tavsiyasi bilan qilish shart deb hisoblamoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan xastalangan bemorlarga o‘rtacha 2,5 KT to‘g‘ri kelmoqda.
«Shunday yuklama bor va u juda yuqori. Bunda ehtiyot bo‘lish kerak», — dedi Onishchenko.
Shifokor kelajakda diagnostikaning boshqacha, xavfsiz usullari paydo bo‘lishiga umid bildirdi. U fuqarolarni o‘ziga o‘zi KT tayinlash va xususiy klinikalarda undan o‘tishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Rospotrebnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, mart - iyun oylarida Moskva, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida ommaviy nurlanish dozasi 1,5 barobar oshgan. Bu kelajakda radiatsiya bilan bog‘liq xastaliklarni vujudga keltirishi mumkin.
Avvalroq, Peterburg onkologiya markazi rahbari o‘rinbosari Vitaliy Yegorenkov kompyuter tomografiyasi saratonning rivojlanishini keltirib chiqarmasligini, chunki koronavirus diagnostikasi uchun nurlanish yuklamasi pastroq bo‘lishini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi