Ushbu savolga ham «COVID-19» bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalar»ning oltinchi nashrida javob berildi.
Unga ko‘ra, bemorda isitma 3 kun davomida 38,5℃ dan yuqori bo‘lmagan, yo‘tal, mushak og‘rig‘i hamda terlash kuzatilgan yengil darajadagi bemorlar «COVID-19»ni davolashga ixtisoslashgan tegishli oilaviy poliklinikalarga yo‘naltiriladi.
Unga uy sharoitida nafas olish gimnastikasi, kerakli dori vositalari va boshqa muolajalar tavsiya etiladi.
SSVga ko‘ra, isitmasi 3-5 kun davomida 38,5℃ dan yuqori va yurak urishi daqiqasiga 90-100 marta bo‘lgan o‘rta og‘ir darajadagi bemorlar bo‘yicha «COVID-19»ni davolashga ixtisoslashgan oilaviy poliklinikalarga murojaat qilinadi yoki ular holatiga ko‘ra, yashash hududidagi saralash va taqsimlash markaziga yotqiziladi.
Nafas olishi qiyinlashgan yoki o‘tkir nafas yetishmovchilik sindromi kuzatilgan ahvoli og‘ir darajadagi bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxonalarga yotqiziladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?