
Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev olti yil oldin Gollivudda xarid qilingan uchta uyini sotuvga qo‘yishdi.
Uylar Los-Anjelesdagi Gollivud tepaligida joylashgan. 2014 yil yozida uylarning umumiy qiymati deyarli 16,1 million dollar bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i bu uylarda yashashmagan. Uylar ijaraga qo‘yilgan bo‘lgan.
Eng yuqori baholangan uch qavatli villa avval NFL sobiq yulduzi Reggi Bush va uning mashuqasi Kim Kardashianga tegishli bo‘lgan. Ular bu uyda 2007-2014 yillarda yashashgan. Villa taxminan 6,5 million dollarga baholanmoqda.
Karimova-Tillayevaning Marokash uslubidagi ikkinchi villasi 6,4 million dollarga sotuvga qo‘yilgan.
Uchinchi uy esa 6 million dollarga baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar