
Bo‘z tumanlararo iqtisodiy sudining 2 ta ijro hujjatiga asosan qarzdor “Bo‘zlik Doniyorbek diyori” fermer xo‘jaligi hisobidan da’vogar tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga jami 89 192 328 so‘m soliq qarzi undirib berilishi belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Bo‘ston tuman bo‘limi ish yurituvidagi ushbu ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorni soliq qarzdorligini to‘lash bo‘yicha bir necha bor ogohlantiradi. Biroq, shunga qaramasdan qarzdor fermer xo‘jaligi soliq qarzini o‘z vaqtida bartaraf etish chorasini ko‘rmagan. Shu sababli, Byuro xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida 18.01.2020 yilda javobgarga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Byuro qidiruv hodimlarining olib borgan qidiruv ishlari natijasida joriy yilning 5 avgust kuni qarzdorga tegishli “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi topildi. Avtomashina xatlanib, Bo‘ston tumanidagi “And fayzi” xususiy korxonasiga tegishli jarima maydoniga olib kirib qo‘yildi.
Bo‘z TumanIqtisodiy SudSoliq QarziFermer Xo‘jaligiMajburiy IjroAvtotransport Vositasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar