Koronavirusga va boshqa o‘tkir respirator kasalliklarining oldini olish va ularga qarshi kurashish uchun niqob taqishni 2021 yilning bahorigacha davom ettirish kerak. Bu fikrni Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti mas’ul xodimi Jamila Rahmonova «O‘zbekiston 24» telekanaliga ma’lum qildi.
Uning fikricha, bu kasalliklar bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘zgarmaydi. Niqob taqish nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda hayot tarziga aylandi.
«Niqobni yechmaymiz hali. Menimcha, bahorgacha yechmasak yaxshi bo‘lardi», — dedi Jamila Rahmonova.
Uning qayd etishicha, ijtimoiy masofani saqlagan holda nafaqat koronavirus, balki yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining ham oldini olish mumkin.
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining yana bir mas’ul xodimi Shahlo Saidazimovaning ta’kidlashicha, koronavirus sharoitida yashash va u bilan «muomala qilish» uchun ba’zi qadriyatlarni o‘zgartirish kerak.
Uning fikricha, niqoblarning turini, ranglarini, materiallarini ko‘paytirish kerak. Niqob ham kishilar garderobining bir elementi bo‘lib qolishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi