Marg‘ilon shaharidagi «B» nomli mahalla raisi U.G‘. 300 AQSH dollari olayotganda ushlandi. Oqsoqol shu pul evaziga bir fuqaroga «yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari» orqali («Har bir oila - tadbirkor» dasturi asosida) 30 mln. so‘m kredit «olib bermoqchi» edi. Biroq Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX xodimlari go‘yoki «pishib qolgan» ishning beliga» tepishdi.
Endi bu yog‘i tergov, sud... Chunki, holat yuzasidan allaqachon firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi-da.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ushbu xabariga marg‘ilonchasiga «o‘zimizdan jichcha qo‘shsak», «Har bir oila - tadbirkor» - mahalliy emas, Davlat dasturi hisoblanadi. Buning uchun ozmuncha mablag‘ aajratilgani yo‘q. Fuqarolarning kosasi oqarishi uchun amalga oshirilayotgan shu kabi xayrli ishlar «yuqori lavozimda ishlovchi tanishlar» orqali bitmasligi haqida gap chiqishining o‘ziga toqat qilib bo‘lmaydi. Bunday gap-so‘zlar kim-kim - mahalla raisidan chiqib, ikki o‘rtada «soqqa» qilib qolishga urinish esa ikki karra yoqimsizdir.
Mutasaddilarga insof, organ xodimlariga to‘zim bersin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti