Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Ohangaron tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida avtomobil ehtiyot qismlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Tadbir davomida, fuqaro K.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 149,2 million so‘mlik 4984 dona avtomobil ehtiyot qismlari hamda qo‘shimcha jihozlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar