Foto: «Depositphotos/fizkes»
Koronavirus tarqalishi bilan plastik jarrohlik rivojlanishi avj oldi, deya xabar berdi «New York Times» nashri.
Gazetaning ta’kidlashicha, pandemiya davrida turli servislar yordamida video aloqa bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar soni bir necha baravar oshgan. Biroq bunday o‘zgarishlar hammani ham xursand qilmagan ko‘rinadi — ko‘pgina odamlar o‘zini o‘zi yoqtirmay qolgan. To‘g‘rirog‘i, kadrdagi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmayapti. Shu bois plastik jarrohlar xizmatidan foydalanish ko‘paydi.
«Bu yil yozdagi kabi hech qachon yuzni torttirish bo‘yicha bunchalik ko‘p operatsiyani bajarmaganman», — deya tan olgan atlantalik plastik jarrohi, doktor Dayana Aleksander.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 18 maydan iyulning oxirigacha 251 ta ana shunday muolajani amalga oshirgan. Aksariyat mijozlari: «Zoom orqali qo‘ng‘iroq qilgandim, bilmayman nima bo‘lganini, lekin ko‘rinishim dahshatli edi», deya nolishadi.
Nashr bunday trend kutilmaganini yozmoqda. Chunki AQSHda plastik jarrohlik ancha qimmat — turli muolajalar 3,3 ming dollardan 25 ming dollargacha baholanadi. Ustiga-ustak, plastik operatsiyalar ko‘pincha sug‘urta bilan qoplanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti