21:43 / 16.08.2020
4 431

Koronavirus pandemiyasining bu oqibati hech kimning xayoliga ham kelmagan

Koronavirus pandemiyasining bu oqibati hech kimning xayoliga ham kelmagan
Foto: «Depositphotos/fizkes»
Koronavirus tarqalishi bilan plastik jarrohlik rivojlanishi avj oldi, deya xabar berdi «New York Times» nashri.
Gazetaning ta’kidlashicha, pandemiya davrida turli servislar yordamida video aloqa bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar soni bir necha baravar oshgan. Biroq bunday o‘zgarishlar hammani ham xursand qilmagan ko‘rinadi — ko‘pgina odamlar o‘zini o‘zi yoqtirmay qolgan. To‘g‘rirog‘i, kadrdagi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmayapti. Shu bois plastik jarrohlar xizmatidan foydalanish ko‘paydi.

«Bu yil yozdagi kabi hech qachon yuzni torttirish bo‘yicha bunchalik ko‘p operatsiyani bajarmaganman», — deya tan olgan atlantalik plastik jarrohi, doktor Dayana Aleksander.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 18 maydan iyulning oxirigacha 251 ta ana shunday muolajani amalga oshirgan. Aksariyat mijozlari: «Zoom orqali qo‘ng‘iroq qilgandim, bilmayman nima bo‘lganini, lekin ko‘rinishim dahshatli edi», deya nolishadi.

Nashr bunday trend kutilmaganini yozmoqda. Chunki AQSHda plastik jarrohlik ancha qimmat — turli muolajalar 3,3 ming dollardan 25 ming dollargacha baholanadi. Ustiga-ustak, plastik operatsiyalar ko‘pincha sug‘urta bilan qoplanmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus pandemiyasining bu oqibati hech kimning xayoliga ham kelmagan