Foto: American Society of Plastic Surgeons
Plastik jarrohlik sohasi koronavirus pandemiyasi tufayli jiddiy darajada kuchaydi. Bu haqda New York Times nashri xabar qildi.
Gazetaning qayd etishicha, pandemiya davrida odamlar orasida turli mobil ilovalar vositasida videoaloqa orqali qo‘ng‘iroqlar amalga oshirishlar soni ortgan. Ammo bunday o‘zgarishlar hammani ham xursand qilmayapti, ular kadrdagi ko‘rinishidan norozi bo‘lmoqda. Ushbu holatni deb ko‘pchilik plastik jarrohlarga murojaat qilmoqda.
«Bir yil ichida yoz mavsumi davomida bu qadar ko‘p yuz terisini torttirish operatsiyasini amalga oshirmaganman», — deydi Atlantadagi plastik jarroh Dayana Aleksander.
Ayolning aytishicha 18 maydan iyul oxirigacha jami 251 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, mijozlarning aksariyati Zoom ilovasi orqali ko‘rinishlari juda dahshatli ekanidan nolib, unga murojaat qilgan.
Nashr mazkur trendni kutilmagan burilish deb atagan, sababi AQSHda plastik jarrohlik anchayin qimmat: bitta amaliyot narxi taxminan 3,3 mingdan 25 ming dollargacha turadi. Ko‘pincha plastik jarrohlik operatsiyalari sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplab berilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi